Farg’onada regbi-7 bo’yicha yoshlar orasida O’zbekiston chempionati bo‘ldi

Farg’onada regbi-7 bo’yicha yoshlar orasida O’zbekiston chempionati bo‘ldi

Regbi-7 bo‘yicha 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar va qizlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 12-15 may kunlari Farg’ona viloyatida 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar va qizlar jamoalari o‘rtasida regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionati o’tkazildi.
Ushbu chempionatda o’smirlar jamoalaridan: Toshkent, Farg’ona, Navoiy, Toshkent viloyati, Namangan va Jizzax jamoalari qatnashishdi.

Qiz bolalar jamoalaridan: Qoraqalpog’iston, Navoiy, Namangan, Farg’ona, Xorazm, Norin (Namangan viloyati), Toshkent jamoalari faol ishtirok etishdi.Toshkent qizlari jamoasi mandat komissiyasi qarori bilan chempionatda tanlovdan tashqari ishtirok etishga ruxsat oldi.
Jamoalar ikkita kichik guruhga (erkaklar va ayollar guruhlariga) bo’lingan va aylana tizimida (har biri bilan) o’ynashgan. Chempionat davomida jami 36 ta o‘yin o‘tkazildi.

Chempionat bo’yicha to’plangan ochkolar va o’rinlar quyidagicha taqsimlandi:
O’smirlar jamoalari o‘rtasida:

O’rinlarJamoalarOchkolar
1Toshkent 20
2Farg’ona 17
3Navoiy 14
4Toshkent viloyati11
5Namangan 8
6Jizzax 5

Qizlar jamoalari o‘rtasida esa:

O’rinlar JamoalarOchkolar
1Qoraqalpog’iston 24
2Navoiy 19
3Namangan 18
4Farg’ona 16
5Xorazm 10
6Norin
(Namangan viloyati)
6
7Toshkent Tanlovdan tashqari o’ynashdi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan