Ayollar o’rtasida Universiada yakunlandi

Ayollar o’rtasida Universiada yakunlandi

Chirchiqda regbi-7 bo’yicha ayollar orasida Universiada bo’ldi

2023-yilning 28-31 may kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ayollar o’rtasida birinchi marotaba Universiada musobaqalari bo’lib o’tdi.

Ushbu musobaqalarda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Andijon, Farg’ona, Namangan, Samarqand, Surxandaryo, Jizzax, Buxoro, Xorazm, Navoiy viloyati jamoalari qatnashishdi.

 Ulardan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent viloyati, Xorazm va Namangan viloyati jamoalari oldindan saralanib, to’rtta («А», «В», «С» va «D») guruhlarga taqsimlandi. Qolgan jamoalar esa qur’a tashlash yo’li bilan kichik guruhlarga bo’lindi.

Universiada musobaqalari World Rugby tomonidan o’rnatilgan qoidalarga asosan o’tkazildi.

Musobaqalar davomida jamoalar aylana va aralash tizimlarida o’ynashdi va bu g’olibni aniqlashga katta yordam berdi. Universiadada Toshkent viloyatining ayollar jamoasi finalda Namangan jamoasini 38-0 hisobida yengib, g’alaba qozondi. 3-o’rinni esa Xorazm jamoasi Qoraqalpog’iston jamoasini 22-0 hisobida mag’lub qilib egalldi. O’rinlar guruhdagi barcha jamoalar bilan uchrashuvlarda to’plangan ochkolar yig’indisi bo’yicha taqsimlandi.

O’rinlarJamoalar
1Toshkent viloyati
2Namangan viloyati
3Xorazm viloyati
4Qoraqalpog’iston Respublikasi
5Navoiy viloyati
6Andijon viloyati
7Farg’ona viloyati
8Surxandaryo viloyati
9Buxoro viloyati
10Jizzax viloyati
11Samarqand viloyati
12Toshkent shahri

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan