Regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining III tur o’yinlari bo‘lib o‘tdi
O’zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yilga mo’ljallangan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga asosan, regbi-7 bo’yicha 7-10 iyun kunlari Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetining sport maydonida O’zbekiston chempionatining III tur o’yinlari bo’lib o’tdi.
Ushbu chempionatda erkaklar jamoalaridan: O’zMU-1, O’zMU-2, O’zMU-3, Xorazm, Toshkent terma jamoasi, Farg’ona, Navoiy, O’zDJTSU-2, JDPU (Jizzax), Andijon, THO-1 (Toshkent harbiy okrug), THO-2 jamoalari qatnashishdi.
Ayollar jamoalaridan: Qoraqalpog’iston, O’zDJTSU-1 (Tosh.vil), O’zDJTSU-2 (Tosh.vil), Xorazm, Xorazm klub, O’zMU (Toshkent), jamoalari faol ishtirok etishdi.
Uchinchi tur bo’yicha o’rinlar va ochkolar quyidagicha taqsimlandi:
Erkaklar jamoalari o’rtasida:
| O’rinlar | Jamoalar | Ochkolar |
| 1 | O’zMU-1 | 72 |
| 2 | Xorazm | 66 |
| 3 | Toshkent terma | 59 |
| 4 | O’zMU-2 | 54 |
| 5 | Navoiy | 36 |
| 6-7 | Farg’ona | 34 |
| 6-7 | O’zMU-3 | 34 |
| 8 | Qoraqalpog’iston | 32 |
| 9 | THO-1 | 28 |
| 10 | O’zDJTSU-2 | 23 |
| 11 | SHHO | 20 |
| 12 | JDPU (Jizzax) | 19 |
| 13 | JIDU | 14 |
| 14 | Andijon | 13 |
| 15 | JHU | 12 |
| 16 | THO-2 | 6 |
| 17-18 | IIV | 5 |
| 17-18 | O’zDJTSU-1 | 5 |
| 19-21 | O’zMU-4 | 3 |
| 19-21 | Sirdaryo | 3 |
| 19-21 | Samarqand | 3 |
Ayollar jamoalari o’rtasida esa:
| O’rinlar | Jamoalar | Ochkolar |
| 1 | Qoraqalpog’iston | 78 |
| 2 | O’zDJTSU-1 | 69 |
| 3 | Xorazm | 56 |
| 4 | O’zDJTSU-2 | 52 |
| 5 | O’zMU | 52 |
| 6 | Namangan | 32 |
| 7 | JDPU (Jizzax) | 26 |
| 8 | Farg’ona | 24 |
| 9 | Farg’ona | 14 |
