World Rugby tomonidan yangi imkoniyatlar!

World Rugby tomonidan yangi imkoniyatlar!

Orzuingizdagi jamoani tuzing va sovg’alar yutib oling!

Fransiyada o’tkaziladigan Jahon Kubogiga ham ozgina vaqt qoldi. Bugun World Rugby yangi fantastik o’yinni ishga tushirdi, unda har bir muxlis o’z jamoasini yig’ishi hamda o’zining analitik qobiliyatlarini dunyoning turli joylaridagi regbi muxlislariniki bilan qiyoslash imkoniyatiga ega bo’lishadi. Jahon Kubogi fantaziya mexanikasi shunga o’xshash o’yinlarga o’xshaydi. Foydalanuvchiga orzu jamoasini yig’ish uchun yuzta shartli kredit beriladi. Agar tanlangan regbichilar Jahon Kubogining haqiqiy janglarida o’zlarini namoyon qilsalar, o’yinchi ochko oladi. Istalgan vaqtda sizning jamoangizga o’zgartirishlar kiritilishingiz mumkin, ya’ni to’satdan shikastlanish yoki diskvalifikatsiya sizning jamoangizni umumiy reytingiga ta’sir qilmaydi.

Jahon Kubogi fantaziyasining barcha ishtirokchilari natijalari bitta reytingga tushiriladi va har bir o’yin haftasi natijalariga ko’ra World Rugby eng yaxshi uchlikni taqdirlaydi. Shuningdek, o’yinda do’stlaringiz bilan analitik qobiliyatlarda raqobatlasha oladigan o’z fantaziya ligangizni yaratish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Manba: https://www.world.rugby/