Xivada Xalqaro Etnosport festivali!

Xivada Xalqaro Etnosport festivali!

63 nafar davlatlar vakillari ishtirokidagi Xalqaro festival

Bugun Xorazm viloyatining Xiva shahrida Etnosport bo’yicha birinchi Xalqaro festival bo’lib o’tdi. Festivalda YUNESKO, Etnosport konfederatsiyasi vakillari va 120 nafar Xalqaro federatsiyalar vakillari va mehmonlar ishtirok etishdi. Ushbu festivalda sport musobaqalaridan tashqari, badiiy ko’rgazmalar, milliy taomlar va san’at korgazmalari tashkil etildi.

Festivalga tashrif buyuruvchilar Xiva tarixi va Xorazm viloyatida sportning rivojlanishi bilan tanishadilar. Rossiya, Ozarbayjon va Tatariston delegatsiya vakillari Urganch shahridagi » Yoshlik» sport muassasi bilan tanishib, sportchilarimiz uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi