Hududiy regbi federatsiyasiga rahbar va o’rinbosarlari tayinlandi
Joriy yilning 13 sentyabr kuni Nukus shahrida O‘zbekiston regbi federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo’limida navbatdan tashqari saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyani O‘zbekiston regbi federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo’limi Bosh kotibi Murat Jumabaevich Sarsenbaev kirish so‘zi bilan ochib, anjuman ishtirokchilarini kun tartibi bilan tanishtirdi.
Kun tartibida O‘zbekiston regbi federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo’limi yetakchilari va o‘rinbosarlarini tayinlash masalasi ko‘rildi.
Anjumanda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi vakillari, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Bekbay Ibraymov, ixtisoslashtirilgan federatsiya vakillari, murabbiylar, ommaviy axborot vosiytalari vakillari ishtirok etishdi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri orinbosari Omarov Mamanbiy Allabergenovich nomzodi bir ovozdan yoqlab ovoz berildi.
Keyingi so‘z M.Omarovga berildi va ular konferensiya ishtirokchilariga ko‘rsatilgan hurmat va ishonch uchun minnatdorchilik bildirdilar. M. Omarov ushbu so’zlarni ta’kidlab o’tdilar “Men uchun bu katta mas’uliyat, asosiy maqsadimiz: regbini rivojlantirish, munosib sportchilar va O‘zbekistonning terma jamoalarini tayyorlash, jahon arenalarida qatnashish” va buning uchun bor kuchimni birgalikda sarflashim kerak va regbi rivojlanishida yangi bosqichga ko’tariladi.
Shuningdek, kun tartibidan federatsiya rais o‘rinbosarlarini, ya’ni birinchi o‘rinbosar lavozimiga Rametov Maxmutni va federatsiya raisi o‘rinbosari lavozimiga Utepbergenov Amanni tayinlash masalalari ham ko‘rib chiqildi. Yakunda konferensiya ishtirokchilarining fikr-mulohazalari va takliflari inobatga olinib, mas’ullarga vazifalar topshirildi