Regbi bo’yicha o’quv-yeg’in mashg’ulotlari

Regbi bo’yicha o’quv-yeg’in mashg’ulotlari

Angren shahrida o’quv-yeg’in mashg’ulotlari

Joriy yilninig 19 oktayabrdan boshlab regbi bo’yicha milliy terma jamoa a’zolari Toshkent viloyatining Angren shahridagi «Yagiobod» sport bazasida o’quv-mashg’ulot yeg’inlarini o’tkazishmoqda. Ushbu o’quv-mashg’ulot yeg’inlaridan asosiy maqsad joriy yilning 3-4 noyabr kunlari Doxa shahrida (Qatar) regbi-7 bo’yicha bo’lib o’tadigan «Asia Rugby Sevens Trophy» nufuzli musobaqaga puxta tayyorgarlik ko’rish.

O’quv-mashg’ulotlari davomida milliy terma jamoa bosh treneri D.Kulikov va trenerlik shtabi tomonidan regbichilarning texnik-taktik tayyorgarligi hamda o’yin maxoratini oshirish, jismoniy tayyorgarligini yanada mustaxkamlash rejasi asosida olib borilmoqda.

O’quv-mashg’ulot yeg’inlari joriy yilning 31 oktyabrgacha davom ettiriladi.