U18 Kubogi

U18 Kubogi

Regbi-7 bo’yicha U18 Kubogi

21 oktyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani sport maktabi stadionida regbi-7 bo’yicha og’il va qiz bolalar o’rtasida U18 Kubogi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqalarda Toshkent shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Namangan, Xorazm, Farg’ona, Sirdaryo va Navoi viloyatlaridan sportchilar faol qatnashib, yutuqli o’rinlarni qo’lga kiritishdi.

Musobaqalar natijalariga ko’ra og’il bolalar o’rtasida birinchi o’rinni Namangan viloyati jamoasi, ikkinchi o’rinni Xorazm viloyati va uchinchi o’rinni Navoi viloyati sportchilari qo’lga kiritishdi. Qizlar o’rtasida, birinchi o’ringa Qoraqalpog’iston Respublikasi jamoasi ega bo’ldilar, ikkinchi o’rinni Namangan viloyati va uchinchi o’rinni Xorazm viloyati sportchi qizlari egallashdi