Maktablarda regbi bo’yicha mahorat-saboqlari

Maktablarda regbi bo’yicha mahorat-saboqlari

№35 maktabida regbi bo’yicha mahorat-saboqlari

3 noyabr kuni Toshkent shahar Mirzo-Ulug’bek tumani №35 sonli Umum ta’lim maktabida, 5-6 sinf o’quvchilari o’rtasida regbi bo’yicha mahorat-saboqlari o’tkazildi.

Ushbu mahorat-saboqlari Pavlenko Vladimir, Lebed Egor va chet ellik murabbiyalar Andre Xuman va Rio Moriya tomonidan o’tkazilib, tadbirda qiziqarli estafetalar va regbi bilan tanishtiruv mashqlari o’tkazildi. O’quvchilar faol ishtirok etib , regbi mashg’ulotlariga qatnashish istagini bildirishdi.