O‘zbekiston regbi federatsiyasining JICA bilan uchrashuvi
26 dekabr’ kuni O‘zbekiston regbi federatsiyasida JICA mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘RF bosh kotibi Kaxramon Djalilov, JICA trener-volontyori Rio Moriya, JICA loyihalar koordinatori Odilxon Xasanov va Nakayama Mayu hamda Markaziy Osiyoda regbini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi Anatoliy Shirovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv jarayonida, Kaxramon Djalilov O‘zbekistonda regbini rivojlantirishda ko‘rsatilayotgan yordami uchun JICA tashkilotiga minnatdorchilik bildirdi, JICA trener-volontyori Rio Moriyaning regbini Toshkent shahrida maktablarida hamda Buxoro viloyatida talabalar orasida ommalashtirish bo‘yicha qilingan ishlarni ta’kidlab o‘tdi.
JICA koordinatori Nakayama Mayu tomonidan ham trener-volontyor Rio Moriya faoliyati ijobiy baxolanib, shart-sharoitlarni yaratgani uchun O‘zbekiston regbi federatsiyasiga minnatdorchilik bildirdi. Bundan tashqari Rio yana faoliyatini davom ettirib, o‘zining trenerlik tajribasi bilan o‘rtoqlashish maqsadida bir nechta hududlar taklif qilindi.
Muhokamalar davomida Rio bilan shartnoma muddati yozda ya’ni o‘yinlar mavsumining o‘rtasida tugashi belgilangan. O‘RF ushbu shartnoma muddatini uzaytirish taklifini berib, Rio Moriya tomonidan o‘yinlar mavsumining oxirigacha o‘z faoliyatini davomi etirib, hududiy jamoalarni musobaqalarga tayyorlash maqsadga muvofiqligi bildirdi. JICA loyihalar koordinatori Nayama Mayu ushbu taklifni JICA bosh ofisi bilan muhokama qilish lozimligini aytdi. Ushbularni amalga oshirish uchun Rio Moriya bilan qo‘shimcha muddatlarda ishlash uchun reja taqdim etilib, JICA bosh ofisi bilan kelishiladi.
Bundan tashqari yig‘ilish davomida JICA va O‘RF o‘rtasidagi hamkorlikni ommaviy axborot vositalarida yoritish taklif qilindi. Rio Moriyaning Buxoro viloyatida xizmat safari natijasi bo‘yicha video hisobotlari (GIR Buhoroda, Studentlar BuhDU) JICA ofisi tomonidan ijobiy baxolandi. Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shma loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoritish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu uchrashuv O‘RF va JICA o‘rtasidagi hamkorlikning navbatdagi bosqichi bo‘lib, O‘zbekistonda regbini rivojlantirishda hamkorlik davom ettirilishini ko‘rsatdi. Yig‘ilish yakunida masu’llar kelayotgan yangi yil bilan tabriklab, yaxshi va ijobiy tilaklar bilan almashdilar.