2023 yil natijalari

2023 yil natijalari

2023 yilgi regbi mavsumi natijalari

2023 yil mamlakatimizda regbi rivoji uchun eng muvaffaqiyatli yillardan biri bo’ldi va biz uchun ko’plab imkoniyatlarni ochib berdi. Ushbu regbi mavsumida o’zbek regbisining 55 yilligini nishonlaganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.
“Get Into Rugby” dasturi doirasida O‘zbekiston regbi federatsiyasining malakali murabbiylari hamda xorijlik murabbiylar rahbarligida umumta’lim maktablari va litseylarda yoshlarn o’rtasida regbi sportini yanada ommalashtirish va yaqindan tanishtirish maqsadida turli mahorat darslari o‘tkazildi.

Shuningdek, U14, U16, U18, U20 hamda kattalar, erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi chempionati va Kuboglar o‘tkazildi.
Xalqaro musobaqalar oldidan mahalliy va xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inlari tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar terma jamoalari “Borneo Sevens” (Malayziya), “Asia Rugby 2023” (Katmandu, Nepal), “Asia Rugby Sevens Trophy 2023 (Qatar, Doxa) va “Open Central Asia Rugby-7 Championship» kabi xorijiy musobaqalarda qatnashgan .
25-26 noyabr kunlari CROWNE PLAZA mehmonxonasining anjumanlar zalida Osiyo regbi federatsiyasining (Osiyo regbi) AGM va EXCO yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.