2024 yilda yurtimizda regbi sport turi bo‘yicha kiritilgan yangiliklar
2024 yilda regbida muhim yangiliklar kiritildi. 2024 yilning 15 yanvar kunida o‘tkan O‘zbekiston regbi federatsiyasining Ijroiya qo‘mitasida “Regbi-15 va regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston Chepionati va Kubogi” va “O‘zbekiston regbi federatsiyasi o‘yinchisi statusi” to‘g‘risidagi reglametlari qayta ko‘rib chiqilib, Ijroiya qo‘mitasi qarori bilan kiritilgan yangiliklar tasdiqlandi.
Yangilangan reglamentga asosan regbi bo‘yicha har bir sportchiga regbi-ID-identifikatsiya raqami tushunchasi kiritilmoqda. Regbi-ID ro‘yxatidan o‘tkazish uchun regbi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan trener va uning sportchilari to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar, hujjatlar raqamlari, regbi bilan shug‘ullanishni boshlagan vaqti, bog‘lanish uchun ma’lumotlar va World Rugby Passport tizimida ro‘yxatdan o‘tkan elektron pochta, “Regbiga tayyorgarlik” sertifikati hamda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov kvitansiyasi. Ro‘yxatdan o‘tish va Regbi-ID olish to‘lovi 10 000 so‘mni tashkil etadi. Regbi-ID mavjud bo‘lmagan o‘yinchilar O‘zbekiston regbi federatsiyasi o‘yinchilari reyestiriga kiritlmaydi.
Bundan tashqari, kiritilgan yangiliklarga asosan regbi bo‘yicha sport va ommaviy tadbirlar ishtirokchilarining barchasi litsenziya olishi kerak. Buning uchun sportchilar o‘zlarining klublari orqali qo‘yidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak: anketa, klub bilan tuzilgan shartnoma, pasport yoki ID-karta nusxasi, rasm, World Rugby sertifikati, litsenziya to‘lovini to‘laganligi to‘g‘risida kvitansiya nusxasi. Litsenziya to‘lovi miqdori sportchining yoshiga qarab belgilanib, bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ga qarab hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, litsenziyasi bo‘lmagan sportchilar regbi va regbi-7 bo‘yicha respublika musobaqalarida ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi. Sportchilarga regbi-ID olish uchun muddat 2024 yil 29 fevralgacha, litsenziyani olish muddati 2024 yil 10 martgacha etib belgilandi.
Kiritilgan yangiliklar masalasida barcha savollarni qo‘yidagi elektron manzillarga yuborish mumkin info@rugby.uz telegram messendjerda https://t.me/URF_feedback_bot bot orqali, yoki https://forms.gle/iPsDbugpW7GJx8vx9 qayta aloqa tizimi bo’yicha.