Sportchilarimiz yozgi Olimpiya va Paralimpiya o’yinlariga tayyorgarlik ko’rishi uchun ularga barcha kerakli sharoitlar yaratilmoqa
Iyul-sentyabr oylarida Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga qattiq tayyorgarlik ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Bu yilgi yutuqlarni Tokio olimpiadasida kabi faqat yakka kurash sport turlari hisobidan qo‘lga kiritamiz, degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri ekani ta’kidlandi. Bu yilgi Olimpiya o‘yinlaridagi natijalar tariximizda eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur choralarni hozirdan ko‘rish topshirildi. Sport vazirligiga Parij-2024ga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarimiz uchun 15 ta Olimpiya va Paralimpiya markazida hamda Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlaridagi 14 ta sport bazalarida barcha sharoitlarni yaratish topshirildi.
Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari bilan birgalikda ularni chuqurlashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, farmakologiya va diyetologiya jihatidan sifatli ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglandi.
Manba: https://minsport.uz