Touch Rugby bo’yicha o‘rtoqlik o‘yinlari

Touch Rugby bo’yicha o‘rtoqlik o‘yinlari

Buxoro shahrida Touch Rugby bo’yicha o‘rtoqlik o‘yinlari

8 fevral kuni Buxoro shahrining №10 O’rta ta’lim  maktabi jamoalari o’rtasida Touch Rugby- o’rtoqlik o’yinlari bo’lib o’tdi. O’yin do’stona va raqobat ruhida o’tib, yosh sportchilar o’z iqtidorlarini namoyon qila oldilar. Uchrashuv durang bilan yakunlandi va ushbu natija har ikki jamoaning tayyorgarlik darajasi va mahorati tengligini tasdiqlaydi.

Jamoalar treneri Azizbek To’raev yosh sportchilarni o’yinga a’lo darajada tayyorlay oldi, bu esa ularda yuqori o’yin natijasi va raqobat ruhini ko’rsatish imkonini berdi. Uchrashuvning barcha ishtirokchilari ushbu tadbirdagi ishtiroki uchun esdalik diplomlari bilan taqdirlandilar. Bu o‘yin yosh sportchilar uchun o‘z mahoratini ko‘rsatish va jamoaviy ruhni kuchaytirish uchun qulay imkoniyat bo‘ldi.