Andijon shahrida ochiq Chempionat

Andijon shahrida ochiq Chempionat

Andijon shahrida ochiq Chempionat

28 fevral kuni Andijon Davlat Universiteti stadionida regbi-7 bo’yicha ochiq Chempionat bo’lib o’tdi. Ushbu chempionatda Osh (Qirg’iziston) shahri Davlat Universiteti talabalari va maktab o’quvchilari, Andijon Davlat Universitetlari, Andijon viloyatining Buloqboshi, Qo’rg’ontepa tumanlari hamda “Istiqlol rugby” sport klubidan, 70 dan o’rtiq regbichilar ishtirok etishdi.

Chempionat jarayonida regbichilar tomonidan puxta tayyorgarlik kuzatildi hamda sportchilarning do’stona va faol ishtiroki tomoshabinlarga o’zgacha zavq ulasha oldi.

Yakuniy natijalarga ko’ra erkaklar jamoalari o’rtasida

1 o’rin Andijon shahar jamoasi

2 o’rin Qo’rg’ontepa tumani jamoasi

3 o’rinni Buloqboshi tumani jamoasi qo’lga kiritishdi

Ayollar jamoalari o’rtasida:

1 o’rin Andijon Davlat Pedagogika Universiteti jamoasi

2 o’rin Andijon shahar №5 maktab jamoasi
3 o’rin Andijon shahar jamoasi

Chempionat so’ngida g’olib jamoalarga diplomlar va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

Ochiq Chempionatdan tashqari, Osh (Qirg’iziston) talabalari jamoasi va Andijon viloyat Harbiylar jamoasi o’rtasida o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazildi.