8- mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan turnir bo’lib o‘tdi
2-3 mart kunlari Toshkent shahridagi yengil atletika va jamoaviy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi stadionida, sportning regbi-7 turi bo‘yicha 8- mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan respublika turniri o‘tkazildi. Ushbu turnirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Navoi, Namangan, Xorazm, Sirdaryo, Andijon va Buxoro viloyatlaridan, 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar jamoalari ishtirok etishdi. Turnir Respublika tovar-xom ashyo birjasi tashabbusi bilan O’RF bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ushbu turdagi turnir va musobaqalarni tashkil etishdan maqsad, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘lkamizda regbini rivojlantirish, hamda yozgi Osiyo “Toshkent 2025” o‘yinlariga sportchi qizlarni saralab olishdir.
Qizlar quyidagi o‘rinlarni egallashdi:
1 o‘rin Xorazm viloyati
2 o‘rin Namangan viloyati
3 o‘rin Farg‘ona viloyati
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar diplom, medal va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.