Qozog’istonda World Rugby Educator kursi

Qozog’istonda World Rugby Educator kursi

Qozog’istonda World Rugby Educator kursi

15-17 mart kunlari Qozog’istonning Olmaota shahrida «World Rugby Educator»mintaqaviy kursi o’tkazildi. Ushbu kurs regbi-7 bo’yicha murabbiylar, hakamlari va shifokorlarning malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan. Unda Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’iziston vakillari ishtirok etishdi.

Kursni to’liq va muvaffaqiyatli tugatgandan so’ng, ishtirokchilarga «World Rugby» dasturlari asosida trenerlar, sudyalar va shifokorlarni o’qitish va sertifikatlash uchun litsenziyalar berildi.
O’zbekiston regbi Federatsiyasidan Yuliya Ignatenko (amaldagi 2-darajali hakam), Antoniy Malkov (O’zbekiston MOQ sport tibbiyoti markazidan) ishtirok etdilar, ulardan tashqari, baholash uchun trenerlar E. Lebed (trenerlik bo’yicha), R. Mukumov ( hakamlik bo’yicha) ham jalb qilindi, o’quv mutaxassisi sifatida O’zbekiston milliy terma jamoalari bosh murabbiyi D. Kulikov ishtirok etdi.