O‘zMU talabalari O’RFga tashrif buyurishdi

O‘zMU talabalari O’RFga tashrif buyurishdi

O’zbekiston milliy universitetining “Taekvondo va sport faoliyati” fakulteti “Sport faoliyati-Regbi” yo’nalishining 1-bosqich talabalari bilan yig’ilish o’tkazildi.

Joriy yilning 28 may kuni federatsiyada O’zbekiston milliy universitetining “Taekvondo va sport faoliyati” fakulteti “Sport faoliyati-Regbi” yo’nalishining 1-bosqich talabalari bilan yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda federatsiya mutaxassislari tomonidan talabalar bilan malakaviy amaliyotni o’tishi davrida bajariladigan vazifalar muhokama qilindi. Аmaliyot rahbarlari B.Ibragimov, M.Raxmatillaev va federatsiya tomonidan biriktirilgan ma’sul E.Lebed talabalarga malakaviy amaliyotni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha atroflicha ma’lumot berib o’tdilar.