Namangan viloyati chempionati o’tkazildi.

Namangan viloyati chempionati o’tkazildi.

Namangan viloyati regbi-7 boʻyicha U-16 chempionati yakunlandi

Joriy yilning 28-29 may kunlari Toʻraqoʻrgʻon tumani sport maktabida Oʻzbekiston regbi federatsiyasi Namangan viloyati boʻlimining Sportning regbi-7 turi boʻyicha (U-16) 2008-2010 yillarda tugʻilgan oʻgʻil va qizlar oʻrtasida Namangan viloyati chempionati boʻlib oʻtdi. Musobaqada viloyatimizning barcha shahar va tuman sport maktabidan jamoalar ishtirok etishdi.

Musobaqa natijalariga koʻra qizlar oʻrtasida:

1 oʻrin: Toʻraqoʻrgʻon jamoasi

2 oʻrin: Mingbuloq jamoasi

3 oʻrin: esa Pop tumani qizlariga nasib etdi

Oʻgʻil bolalarning natijasida:

1 oʻrin: Namangan tumani jamoasi

2 oʻrin: Mingbuloq jamoasi

3 oʻrin: Toʻraqoʻrgʻon jamoalariga nasib etdi.