Xorazm viloyatida U-12 va U-14 musobaqalari o‘tdi

Xorazm viloyatida U-12 va U-14 musobaqalari o‘tdi

11 iyul Xorazmda U-12 va U-14 o‘smirlar o‘rtasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 11-iyul kuni viloyat sport  boshqarmasining 2024-yildagi “Sport va ommaviy  jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi”ga muvofiq regbi-7 bo‘yicha U-14 o‘smirlar va o‘smir qizlar hamda U-12 kichik o‘smirlar va kichik o‘smir qizlar jamoalari o‘rtasida viloyat chempionati o‘tkazildi.

Mazkur chempionatda viloyat sport boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan sport-ta’lim muassasalarining 9 ta o‘g‘il bollar va 6 ta qiz bollar jamoalari musobaqa chempionligi uchun bahs olib borishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindorlikni qo‘lga kirirtishdi. Jumladan:

U-14 yosh toifasi

O‘smirlar:

1-o‘rin – Urganch tuman sport maktabi,

2-o‘rin – Yangibozor tuman 1-son sport maktabi,

3-o‘rin – SHovot tuman 2-son sport maktabi.

O‘smir qizlar:

1-o‘rin – Yangibozor tuman 1-son sport maktabi,

2-o‘rin – Yangiariq tuman sport maktabi,

3-o‘rin – Yangibozor tuman 1-son sport maktabi.

U-12 yosh toifasi

Kichik o‘smirlar:

1-o‘rin – Bog‘ot tuman sport maktabi,

2-o‘rin – Gurlan tuman sport maktabi,

3-o‘rin – Yangibozor tuman 1-son sport maktabi.

Kichik o‘smir qizlar:

1-o‘rin – Bog‘ot tuman sport maktabi,

2-o‘rin – Yangiariq tuman sport maktabi,3-o‘rin – Gurlan tuman sport maktabi.