Tug’ilgan kuningiz bilan, janob Prezident!

Tug’ilgan kuningiz bilan, janob Prezident!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud ayyomini nishonlamoqda. Davlatimiz rahbari 67 yoshga to‘ldi.

Bugun O’zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarida o’z ishtirokini boshlash arafasida turibdi. Sizning sportga bo’lgan ulkan e’tibor va g’amxo’rligingiz, har bir atletimizni o’z o’g’il-qizlaringizdek ko’rib, ularga beqiyos sharoitlar yaratib berishingiz natijasi o’laroq O’zbekiston delegatsiyasi yozgi Olimpiya o’yinlariga o’z tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar atlet bilan 75 ta yo’llanma qo’lga kiritoshga muvaffaq bo’ldi. Umid qilamizki, muzaffar atletlarimiz oldinda turgan mas’uliyatli bellashuvlarda o’z mahoratlatini namoyish etib, xalqimiz va sizning ishonchingizni oqlagan holda ona Vatanimizga yorug’ yuz bilan qaytadi.

Hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizni O‘zbekiston Regbi federatsiyasi nomidan tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklab, Vatanimiz farovonligini yanada yuksaltirish yo‘lida bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat, mustahkam sog‘lik va uzoq umr tilaymiz.