Bugun Sport vazirining oʻrinbosari, mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, “Mehnat shuhrati” va I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenlari, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni sohibi Shahrullo Mahmudov tugʻilgan kunini nishonlamoqda. Oʻzbekiston Regbi Federatsiyasi Shahrullo Sharipovichni bugungi ayyom bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.