Xalqaro «Laser Run» musobaqalari

Xalqaro «Laser Run» musobaqalari

Joriy yilning 22 sentyabr kuni Z.M.Bobur nomidagi markaziy eko-bog’da Xalqaro “Lazer Run” musobaqasi o’tkazildi. Ushbu musobaqa aholi o’rtasida, ayniqsa, bolalar va yoshlar orasida sportni ommalashtirish va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida tashkil etilgan. O’zbekiston regbi federatsiyasi sportchilari ham ushbu sport tadbirida faol ishtirok etdi.