Sadiq Safayev Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qayta saylandi

Sadiq Safayev Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qayta saylandi

Sadiq Safayev 2016-yil dekabridan buyon ushbu lavozimni egallab kelmoqda va parallel ravishda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori sifatida faoliyat yuritmoqda.

Senatning birinchi o‘rinbosari lavozimi parlamentning tashqi siyosat, iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar jalb qilish, turizm rivojlantirish va O‘zbekiston xalqaro imidjini mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish maqsadida joriy etilgan.

Sadiq Safayev avval Senatning tashqi siyosat masalalari qo‘mitasini boshqargan. Ushbu qo‘mita endilikda xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha qo‘mitaga aylantirildi.