O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 12-dekabrdagi A/F-03/1868-sonli buyrug‘iga asosan “Yangiobod” sport bazasida regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari yig‘in o‘tkazmoqda, Toshkent viloyati, Dukent.



Pavel Ivanov: “Erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida regbi-7 yig‘ini boshlandi. Yig‘ilishdan maqsad milliy terma jamoalarni yaqinlashib kelayotgan 2025 yilgi mavsumga tayyorlash va umumiy jismoniy va taktik tayyorgarlik sifatini oshirishdan iborat”. – regbi bo’yicha O’zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiyining sharhi.
Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalar 13 dekabr kuni Toshkent viloyati Dukent shahridagi “Yangiobod” bazasida qizg‘in mashg‘ulotlarni boshladi. Mazkur yig‘in bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘lib, jismoniy va taktik tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi. Yig’in 27 dekabrga qadar davom etadi.
