O’zbekiston regbi-7 terma jamoalarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini

O’zbekiston regbi-7 terma jamoalarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini

O’zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025 yil 23 yanvardagi 02/108-A/F sonli buyrug’iga binoan regbi-7 bo’yicha erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasida mashg’ulotlar yo’lga qo’yildi. O’quv mashg’ulotlari 2025 yil 25 yanvardan 15 fevralgacha Toshkent viloyatining Angren shahrida sport bazasida bo’lib o’tadi.

25-yanvar kuni O’zbekiston regbi-7 terma jamoasi Toshkent viloyatining Angren shahridagi bazasida mashg’ulotlarni boshladi. Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘in kelgusi musobaqalarga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo’lib, jismoniy va taktik tayyorgarlikni o’z ichiga oladi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘in 15 fevralgacha davom etadi.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inning maqsadi jamoalarni Qozog’istonda Qirg’iziston va Qozog’iston jamoalari bilan bo’lajak sinov o’yinlariga tayyorlash, shuningdek, ikki turda bo’lib o’tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rishdan iborat. Yig’in keng qamrovli tarzda tashkil etilgan:

  1. Terma jamoalarning umumiy jismoniy va maxsus jismoniy tayyorgarligi Toshkent viloyati Angren shahrida sport bazasida amalga oshiriladi.
  2. Malayziyaning Sandakan shahrida taktik-texnik tayyorgarlikni, integral mashg’ulotlarni takomillashtirishga qaratilgan o’quv lageri, so’ngra xalqaro Borneo 7s turnirida ishtirok etish.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘in O’zbekiston Sport Vazirligi va O’zbekiston regbi federatsiyasi ko’magida tashkil etiladi.