Diyora Keldiyorova uchun IJF mukofoti

Diyora Keldiyorova uchun IJF mukofoti

2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tayotgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova yaponiyalik dzyudochi, Tokio–2020 Olimpiadasi chempioni va ko‘p karra jahon chempioni Uta Abe ustidan qozonilgan g‘alabasi bilan butun dunyoni larzaga keltirdi. O‘sha kuni Diyora Keldyorova O‘zbekiston tarixida dzyudo bo‘yicha ilk Olimpiya chempioni bo‘ldi.

Kecha World Judo Tour turkumiga kiruvchi Grand Slam Paris 2025 turnirida dzyudochilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Diyora Keldiyorova “Yil lahzasi-2024” nominatsiyasida mukofotga sazovor bo‘ldi.

IJF 2024 yilning eng yaxshi lahzasi – Parij Olimpiadasida Diyora Keldiyorovaning Uta Abe ustidan qozongan g‘alabasi.

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiyi Marko Spittka ham taqdirlandi. Marko Spittka 2024 yilning eng yaxshi ayol murabbiyi sovrinini qo’lga kiritdi. Marko Spittka Atlanta Olimpiadasining bronza medali sovrindori, qit’a va jahon chempionatlarining ko’p karra chempioni va medal sovrindori.

IJF 2024 yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi – Marko Spittka.