O‘zRF hududiy bo‘limlari rahbariyati va vakillari ishtirokida ZOOM konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zRF hududiy bo‘limlari rahbariyati va vakillari ishtirokida ZOOM konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 20-mart kuni O‘zbekiston regbi federatsiyasi hududiy bo‘limlari rahbariyati va vakillari ishtirokida ZOOM konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev Olimpiya va Paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish, aholining jismoniy faolligini oshirishga bagʻishlangan 2025-yil 13-fevraldagi 8-sonli videoselektor yigʻilishidagi bayonotida sport federasiyalari va assosiasiyalariga berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash masalasiga batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport boshqarmalari bilan hamkorlikda 2025-yil 13-fevraldagi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan Federatsiya hududiy bo‘limlari rahbariyatiga qator vazifalar qo‘yildi.