Xotira va Qadrlash Kuni — 9 may

Bugun, mana shu muqaddas kunda, O‘zbekiston regbi federatsiyasi yurtimiz tinchligi va ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan barcha qahramonlar xotirasi oldida bosh egadi.
Biz halok bo‘lganlarni yod etamiz va urush dahshatlarini boshdan kechirgan faxriylarimizga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizning jasoratingiz tufayli biz tinch osmon ostida yashayapmiz, yangi avlodni tarbiyalayapmiz va sportni rivojlantiryapmiz. Bu yo‘lda sizning matonatingiz bizga doimiy ilhom manbaidir.
Sizlarning mardu maydonligingiz yuraklarimizda abadiy saqlanadi.
Qahramonlarga abadiy hurmat!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston regbi federatsiyasi
