O‘zRF Bosh kotibi regbini rivojlantirish masalasini muhokama qilish uchun Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston regbi federatsiyasi Bosh kotibi Kahrarmon Jalilov ishchi tashrif bilan Xorazm viloyatida bo‘ldi. Tashrifdan maqsad — regbini yoshlar orasida ustuvor jamoaviy sport turlaridan biri sifatida rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdir.

Tashrif doirasida Xorazm viloyati hokimligida yoshlar siyosati, shaxsiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari — Sanatbek Salaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 2024-yil 4-dekabrdagi Prezidentning PQ–421-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda 2025-yil 13-fevral kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingan 2028-yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va mamlakatda ommaviy sportni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Tomonlar regbi sport turini rivojlantirish, bu yo‘nalishda infrastrukturani kengaytirish, regbini mintaqadagi ta’lim muassasalariga joriy etish, malakali murabbiy va instruktorlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.