Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionatining 1-turi yakunlari

Regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 1-tur bahslari yakunlandi!

29-maydan 1-iyungacha Toshkent shahri Sergeli tumani sport maktabi stadionida Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi turi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 10 ta erkaklar va 6 ta ayollar jamoasi ishtirok etdi.

Turnir yorqin va shiddatli o‘tdi! Jamoalar yuqori tayyorgarlik darajasini, jamoaviy ruhni va g‘alabaga bo‘lgan intilishni namoyon etdilar.

1-tur yakunlari:

Erkaklar:
1-o‘rin – Toshkent
2-o‘rin – Xorazm
3-o‘rin – Toshkent-2

Ayollar:
1-o‘rin – Xorazm
2-o‘rin – Qoraqalpog‘iston
3-o‘rin – Universitet

G‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz hamda barcha jamoalarga ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiramiz!