Ichki ishlar vazirligi xodimlari oʻrtasida regbi-7 boʻyicha Oʻzbekiston chempionati

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi sport maktabi stadionida IIV xodimlari oʻrtasida regbi-7 boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Unda turli hududlardan 9 ta jamoa ishtirok etdi.



Turnir iliq, biroq keskin muhitda oʻtdi — jamoalar yuqori jismoniy tayyorgarlik, taktik uygʻunlik va gʻalabaga bo‘lgan intilishni namoyish etdilar.
Musobaqa kuch tuzilmalari orasida regbini ommalashtirishda muhim bosqich boʻlib, jamoaviy ruh va do‘stona aloqalarni mustahkamladi.
