Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha chempionat\

Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha chempionat\

Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha chempionat Toshkentda boshlandi!

Bugun, 10-iyul kuni, poytaxtning Bektemir tumanidagi Gennadiy Aleksandrovich Krasnitskiy nomidagi stadionda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari o‘rtasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha regbi-7 chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etdi. O‘yinlar yakuniga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyati chempionlari aniqlandi. G‘olib jamoalar sentyabr oyida Guliston shahrida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanma oldilar. 🏆

📍 Hududiy saralash bosqichlari davom etadi:
🔹 11-iyul — Namangan viloyati
🔹 12-iyul — Qashqadaryo viloyati
🔹 13-iyul — Xorazm viloyati

Musobaqaning asosiy maqsadi — regbi sport turini ommalashtirish, jamoaviy ruhni mustahkamlash va shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarligini oshirishdan iborat.