O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan tabriklaymiz!


O‘zbekiston regbi federatsiyasi nomidan barchangizni mamlakatimizning eng ulug‘ bayrami — Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklaymiz!

O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga 34 yil to‘ldi. Bu yillar davomida yurtimiz katta taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi. Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va ko‘rsatilayotgan e’tibor tufayli sport sohasi, jumladan regbi ham izchil rivojlanib, xalqaro maydonlarda o‘z o‘rnini topmoqda. Bugun o‘zbekistonlik sportchilar dunyo miqyosida yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, tinchlik, ilhom va oilaviy farovonlik tilaymiz.

Har bir kuningiz mustaqil O‘zbekiston zaminda ishonch, yutuqlar va Vatanga bo‘lgan faxr bilan to‘lsin!

Hurmat bilan,
O‘zbekiston regbi federatsiyasi