O‘zbekiston terma jamoasi Asia Rugby Emirates Men’s Sevens Series – China 7s musobaqasida ishtirok etdi

O‘zbekiston terma jamoasi Asia Rugby Emirates Men’s Sevens Series – China 7s musobaqasida ishtirok etdi

O‘zbekiston terma jamoasi Asia Rugby Emirates Men’s Sevens Series – China 7s musobaqasida ishtirok etdi


2025-yil 20–21 sentabr kunlari Xitoyda Asia Rugby Emirates 7s Series bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham qatnashdi. Turnir mintaqaning eng kuchli jamoalarini jamladi va O‘zbekiston jamoasi musobaqani to‘qqizinchi o‘rinda yakunladi.

O‘yin natijalari

20 sentabr
• Gonkong – O‘zbekiston: 34–0
• Malayziya – O‘zbekiston: 21–12
Uruvchilar: Mahmud Kalandarov, Sunnat Muhametdinov
Realizatsiya: Sergey Sokolov
• BAA – O‘zbekiston: 29–5
Uruvchi: Azizxon Nurillayev

21 sentabr
• Filippin – O‘zbekiston: 14–15
Uruvchilar: Azizxon Nurillayev, Murodjon Matchonov, Sanjarbek Baxtiyorov
• Singapur – O‘zbekiston: 5–24
Uruvchilar: Azizxon Nurillayev (2), Sobirjon Xoliqulov, Ilya Sokolov
Realizatsiya: Asadbek Ollanazarov

Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi Filippin va Singapur ustidan g‘alaba qozonib, umumiy hisobda to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Regbi Federatsiyasi o‘yinchilar va murabbiylar shtabiga munosib ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiradi hamda kelgusidagi musobaqalarda ularga omad tilaydi.