O‘zbekiston regbi-7 terma jamoasining tantanali kutib olinishi!

O‘zbekiston regbi-7 terma jamoasining tantanali kutib olinishi!

O‘zbekiston regbi-7 terma jamoasining tantanali kutib olinishi!

Bugun tun, 28-oktabr soat 2:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga O‘zbekiston ayollar regbi-7 terma jamoasi yetib keldi. Ular 26-oktabr kuni Ummonning Maskat shahrida bo‘lib o‘tgan Asia Rugby Emirates Sevens Trophy Oman Sevens xalqaro turnirida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

Jamoa a’zolari va murabbiylarni O‘zbekiston regbi federatsiyasi vakillari gul va olqishlar bilan tantanali tarzda kutib olishdi. Muhit iliq va samimiy bo‘ldi — sportchilarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi hammada sezilib turdi.

Jamoa tarkibi:
Murabbiylar: Pavel Ivanov, Asad Gulyamov, Mansur Uteshev
O‘yinchilar: Gulshanbonu Mansurova, Oyshajon Urazmetova, Xonzoda Obidjonova, Nurjamal Naurizbayeva, Aynura Abziyeva, Nafosat Odilova, Sholpan Allamberganova, Gulruh Ruzmatova, Nargiza Jumabayeva, Feruza Yangiboyeva, Sevinchxon Muydinjonova, Hulkar Allomberganova.

🇺🇿 Qizlarimiz — g‘alaba bilan Vatanga qaytishdi