Hurmatli Akramov Jasur Anvarovich!
O‘zbekiston Regbi Federatsiyasi Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy muborakbod etadi!
Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, O‘zbekiston Gandbol Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Fidjital sport Federatsiyasi raisi o‘rinbosari sifatida Siz mamlakatimiz sporti rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.
Ushbu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘liq, kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, barcha g‘oyalaringiz amalga oshishini va qo‘yilgan maqsadlarga erishishingizni tilaymiz.
