Jizzax viloyatida Regbi-7 bo’yicha chempionati bo’lib o’tdi

Jizzax viloyatida Regbi-7 bo’yicha chempionati bo’lib o’tdi

Jizzax viloyatida Regbi-7 bo’yicha U-16 viloyat chempionati bo’lib o’tdi

Joriy yilning 5-6-mart kunlari Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sportning Regbi-7 turi bo’yicha (U-16) yosh toifasidagi o’g’il va qiz bolalar jamoalari o’rtasida viloyat chempionati bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada tuman va shahar sport maktablaridan jamoalar qatnashdilar.

O’g’il bolalar jamoalari o’rtasida:
1-o’rin — Arnasoy tumani sport maktabi jamoasi
2-o’rin — G’allaorol tumani 1-sonli sport maktabi jamoasi
3-o’rin — Baxmal tumani sport maktabi jamoasi egallagan bo’lsa

Qizlar jamoalari o’rtasidagi bahslarda:
1-o’rin — Sharof Rashidov tumani sport maktabi jamoasi
2-o’rin — Arnasoy tumani sport maktabi jamoasi
3-o’rin — Jizzax viloyati sportning o’yin turlari va yengil atletika bo’yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi egalladilar.

Musobaqa g’olib va sovrindor bo’lgan jamoalaridan tashkil topgan terma jamoa vakillari 25-28-mart kunlari Toshkent viloyatida musobaqaning Respublika bosqichida ishtirok etadilar.