Regbi-7 bo’yicha O‘zbekiston U-18 chempionati yakunlandi

Regbi-7 bo’yicha O‘zbekiston U-18 chempionati yakunlandi

19–20-aprel kunlari Toshkent shahridagi Sergeli tumani sport maktabi stadionida o‘smirlar (U-18) o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada mamlakatning turli hududlaridan 9 ta o‘g‘il bolalar va 7 ta qizlar jamoasi ishtirok etib, ikki kun davomida chempionlik uchun bahs olib bordi.

Chempionat yakunlariga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Markaz” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Xorazm ikkinchi, Sirdaryo esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasida esa Xorazm jamoasi chempion bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston kumush, Namangan bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning to‘liq yakuniy turnir jadvali ilova qilingan suratda keltirilgan.