Toshkent shahridagi Vebster universiteti O‘zbekiston regbi federatsiyasi vakillari va universitet rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda federatsiya tomonidan GIR-koordinator Yegor Lebed, universitet tomonidan esa Ta’lim dasturlari markazi direktor o‘rinbosari Sherzod Mamatov hamda sport inshootlari bo‘limi boshlig‘i Jalolov Zoir ishtirok etishdi.
Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, talaba-yoshlar o‘rtasida regbini ommalashtirish, sport va ta’lim yo‘nalishlari integratsiyasini mustahkamlash, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar regbini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va kelgusidagi samarali hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.



