2026-yil 23–24-may kunlari O‘zbekiston Milliy universiteti stadionida Talabalar ligasining respublika bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarda mamlakatning 14 hududidan 14 ta erkaklar jamoasi hamda 10 hudud vakillaridan iborat 10 ta ayollar jamoasi ishtirok etdi.
Turnir yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha taqsimlandi:
Ayollar:
1-oʻrin – Xorazm viloyati
2-oʻrin – Toshkent viloyati
3-oʻrin – Toshkent shahri
Erkaklar:
1-oʻrin – Toshkent shahri
2-oʻrin – Namangan viloyati
3-oʻrin – Xorazm viloyati












