O‘zbekiston terma jamoalari Asia Rugby Emirates U18 Sevens 2026 turniridagi ishtirokini yakunladi

O‘zbekiston terma jamoalari Asia Rugby Emirates U18 Sevens 2026 turniridagi ishtirokini yakunladi

O‘zbekiston terma jamoalari “Asia Rugby Emirates U18 Sevens 2026” turniridagi ishtirokini yakunladi

Xitoyning Tsindao shahrida Osiyoning turli mamlakatlaridan istiqbolli o‘g‘il va qiz bolalar terma jamoalarini jamlagan xalqaro “Asia Rugby Emirates U18 Sevens 2026” turniri yakunlandi.

O‘zbekiston musobaqada birdaniga ikki jamoa — o‘g‘il va qiz bolalar regbi-7 terma jamoalari bilan ishtirok etdi.

O‘zbekiston qizlar terma jamoasi turnir yakunlariga ko‘ra 4-o‘rinni egallab, munosib natija qayd etdi. Jamoamiz musobaqa davomida ishonchli ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy olishga bir qadam qolganda o‘z yurishini yakunladi.

O‘g‘il bolalar terma jamoasi esa turnirni 8-o‘rin bilan yakunladi. Yosh regbichilar uchun ushbu musobaqa xalqaro o‘yin tajribasiga ega bo‘lish, kuchli raqiblarga qarshi o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish va kelgusidagi musobaqalar uchun qimmatli tajriba orttirish imkonini berdi.

Turnirdagi ishtirok O‘zbekistonning yosh regbichilarini tayyorlash va ularning sport mahoratini rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim bosqich bo‘ldi.