O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun musobaqa manziliga yo‘l oldi.
Osiyo qit’asining yirik sport musobaqalaridan biri doirasidagi regbi-7 bahslari 1–3-oktabr kunlari Nagoya shahridagi “Nagoya City Mizuho Park Rugby Field” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Erkaklar o‘rtasidagi turnirda jami 12 ta terma jamoa ishtirok etadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston A guruhidan joy oldi. Jamoamiz guruh bosqichida quyidagi terma jamoalarga qarshi maydonga tushadi:
- Gonkong, Xitoy
- Xitoy
- Malayziya
Musobaqaning dastlabki uchrashuvlari 1-oktabr kuni o‘tkaziladi. 2-oktabr kuni chorak final va joylar uchun bahslar, 3-oktabr kuni esa yarim final, bronza medali va final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston terma jamoasining uchrashuvlar taqvimi tez orada e’lon qilinadi.
Terma jamoamizga XX Osiyo o‘yinlarida omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

