O‘zbekiston regbi federatsiyasi sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan tabriklaydi!
Aziz ayollar, O’zbekiston regbi federatsiyasi nomidan sizlarni bugungi ajoyib bayram, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr, baxtu saodat, xonadoningizga tinchlik va osoyishtalik, fayzu baraka tilaymiz. Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodu-xurramlik hech qachon arimasin!
Bayramingiz muborak bo’lsin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston regbi federatsiyasi
