Toshkent viloyatidagi turnir

Toshkent viloyatidagi turnir

Regbi-7 bo‘yicha Toshkent viloyati chempionati yakunlari

2025-yil 2-mart kuni Quyi Chirchiq tumanidagi 2-sonli sport maktabi stadionida yosh sportchilar o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha Toshkent viloyati chempionati o‘tkazildi. Musobaqada uch yosh toifasidagi jamoalar: U-17 yoshli o‘smirlar, U-13 yoshli o‘g‘il bolalar va U-13 yoshli qizlar ishtirok etdi.

Chempionatda Toshkent viloyatining Zangiota, Yangiyo‘l, Quyi Chirchiq, Ohangaron (Angren shahri) va Bekobod (Bo‘ka shahri) tumanlaridan jamoalar qatnashdi.

O‘yinlar davra tizimida o‘tkazilib, g‘oliblar to‘plangan ballar soniga ko‘ra aniqlandi. O‘tkazilgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

O‘smirlar U-17

1. Zangiota tumani – murabbiylar Behzod Imomov, Elmar Nafiqov

2. Angren shahri – murabbiy Abdurasul Jo‘maqulov

3. Quyi Chirchiq tumani – murabbiy Olimjon To‘laganov

4. Yangiyo‘l tumani – murabbiy Sharifjon Ismoilov

O‘g‘il bolalar U-13

1. Bo‘ka shahri – murabbiy Saidamir Nuriddinov

2. Angren shahri – murabbiy Abdurasul Jo‘maqulov

3. Quyi Chirchiq tumani – murabbiy Olimjon To‘laganov

4. Yangiyo‘l tumani – murabbiy Sharifjon Ismoilov

5. Zangiota tumani – murabbiylar Behzod Imomov, Elmar Nafiqov

Qizlar U-13

1. Yangiyo‘l tumani (Tornado) – murabbiy Sharifjon Ismoilov

2. Zangiota tumani (Little Queens) – murabbiylar Behzod Imomov, Elmar Nafiqov

3. Bo‘ka shahri – murabbiy Saidamir Nuriddinov

4. Quyi Chirchiq tumani – murabbiy Olimjon To‘laganov

Turnirning eng qizg‘in va hayajonli o‘yinlaridan biri U-13 qizlar toifasida “Tornado” (Yangiyo‘l tumani) va “Little Queens” (Zangiota tumani) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda kuzatildi. Bu bellashuv yakuniy hushtak chalinguncha tomoshabinlarni zum o‘tkazmasdan hayajonda saqladi. O‘yin 5:7 hisobida “Tornado” jamoasi foydasiga yakunlandi.

Musobaqa so‘ngida tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar medal va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimini O‘zbekiston regbi federatsiyasining GIR-koordinatori Yegor Lebed olib bordi. U sportchilarni ajoyib natijalar bilan tabriklab, jamoalarning yuqori tayyorgarlik darajasini ta’kidladi hamda ushbu sport turini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun murabbiylar va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdi.

Regbi-7 bo‘yicha Toshkent viloyati chempionati viloyat sportida muhim voqea bo‘ldi. Musobaqalar viloyatda regbi sporti darajasi o‘sishda davom etayotganini, yoshlar ushbu sport turiga katta qiziqish bildirmoqda ekanini ko‘rsatdi. Turnir yoshlar o‘rtasida regbini rivojlantirish, yangi iste’dodlarni kashf etish, sportchilarni respublika va xalqaro musobaqalarga tayyorlashda navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Suratlar havolada.