9 – May «Xotira va Qadrlash kuni»
Har bir yoshning oldida turgan asosiy maqsadlaridan biri, o’z tarixini bilish, o’rganishdir. Agarda buyuk tariximizga nazar solsak, 1941-1945 yillardagi 2 – jahon urushi davrida, o’zbekning mard o’glonlari, ona Vatan uchun, oila – farzandlar uchun o’z jonini fido qilib, janglarga kirishishganligi yodimizga tushadi. BU yil g’alabaga erishganimizga 75 yil to’ldi. Mana hozirgi kunga kelib, O’zbekiston deb nomlanmish ona – Vatanimiz MUstaqil. Bugungi kunda biz yoshlarga keng qamrovli imkoniyatlar yaratib berilmoqda, bu albatta uzoq tarixdagi janglarda bo’lgan jasoratlar yutug’idir. «XOtira va Qadrlash kuni» ekan, Vatan tinchligi uchun kurashib, o’z jonini fido qilgan ota – bobolarimizni xotirlashimiz, yaqinlarimizni esa qadrlashimiz lozim. Qadr – qimmat esa eng avvalo, Ona – Vatanga bo’lsa xato bo’lmaydi. Yurtboshimiz aytganlaridek «Kelajak yoshlarning qo’lida» ushbu gap orqali, bizlarga ishonch bildirilayotgan ekan, biz ana shunday tinchlik hukmronlik surayotgan Vatanda o’qib izlanishimiz, kelajak uchun bilim olishimiz lozim. Zero, YUrtimizda bilimli, oqil va dono yoshlar ko’payar ekan, bizning O’zbekistonimiz bundanda buyuk bo’lishi muqarrardir. Bu ulug’ kunda, yoshlardan, tengdoshlarimdan, shuni istardimki, qanchadan – qancha qonli janglarda jasorat ko’rsatgan bobolarimizni yodga olib, bu kunlarga erishish qanchalik mashaqqatli bo’lganligini, yana bir bor yodga olishsa maqsadga muofiq bo’lar edi. XUlosa qilib, har birimiz tinch yurtda yashayotganimizga shukur bildirib, bu tinchligimizni asrab – avaylashimiz va uni g’arazli g’oyolardan saqlashamiz kerak va shart! So’zimiz so’ngida urush qatnashchilariga ta’zim keltirib, yana bir bor bayram bilan tabriklemiz.