Asia Rugby va World Rugby uchrashuvi

Asia Rugby va World Rugby uchrashuvi

Asia Rugby va World Rugby mintaqaviy musobaqalarni muhokama qilishdi

Dubayda (BАА) Asia Rugby ofisida World Rugby ijrochi direktori Аlan Gilpin, musobaqalar bo’yicha bosh mutaxassis Naydjel Kass va Asia Rugby prezidenti Kays al Dxalai bilan uchrashuv o’tkazildi. Mazkur uchrashuvda regbi bo’yicha Osiyo musobaqalari qo’mitasi raisi Аsanga Seneviratne, Asia Rugby bosh ijrochi direktori Bendjamin van Royen va Asia Rugby musobaqalar bo’yicha menedjeri Geyt Djaladjel hamda qatnashdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi Osiyoda regbi bo’yicha kelajakdagi musobaqalarni muhokama qilishi hamda ikkita tashkilot o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash. Muzokaralarning muhim tomoni erkaklar va ayollar o’rtasida regbi bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalar bosqichlari va Jahon Kubogi musobaqasini o’tkazish bo’yicha kalendar rejalariga alohida to’xtalib o’tildi.

Asia Rugby mutaxassislari World Rugby tashkilotiga 2024 yildan 2027 yilgacha to’rt yillik tsiklda musobaqalarning tizimi bo’yicha o’z takliflarini taqdim qildi. Mazkur takliflar 2023 yil 26 noyabr kuni Toshkent shahrida (Uzbekiston) o’tkazilgan regbi bo’yicha Osiyo Kengashidagi muhokamalar asosida shakllantirilgan. Yig’ilish davomida Asia Rugby a’zolari musobaqalar bo’yicha o’zlarining taklif va muloxazalarini bildirib, ishtirok etadigan musobaqalar bo’yicha o’z fikrlarini bildirishdi. Natijada Asia Rugby tashkilotining 36 nafar a’zosining fikrlarini inobatga olingan reja tayyorlandi.

Erkaklar o’rtasida Regbi-15 bo’yicha o’tkaziladigan Jahon chempionatiga saralash masalalari ham aloxida muhokama qilindi. Asia Rugby mazkur chempionatga ishtirok etish uchun saralash turnirlarida ishtirok etuvchi jamoalarga aniqlik kiritdi.

2024 yilgacha Asia Rugby Grand League o’tkazishni keyinga qoldirishga qaror qilindi. Ushbu qaror Asia Rugby tomonidan qabul qilinib, kelajakda biznes-modelni mustahkam shaklini yaratish uchun imkoniyatlarni baxolashga etarli vaqt ajratish uchun qilindi.

Bundan tashqari, Asia Rugby o’zining a’zolaridan regbi-7 bo’yicha Olimpiya o’yinlari va Osiyo o’yinlari, HSBC Sevens Challenger va HSBC SVNS Circuit musobaqalarida ishtirok etish masalasida so’rovnoma o’tkazib, mazkur masala Asia Rugby a’zolari uchun juda muhimligini aniqladi.

 Qiziqishlarini inobatga olgan xolda Asia Rugby regbi-7 bo’yicha musobaqalarni o’tkazish bo’yicha yangi tizimni taklif qildi. Yangi tizimning takliflaridan biri Asia Rugby Sevens Challenge (ARSC) musobaqalarini kalendarga kiritish. Ushbu turnir jamoalar uchun Asia Rugby Sevens Trophy (ARST) va Asia Rugby Sevens Series (ARSS) nufuzli musobaqalarda ishtirok etish maqsadida poydevor sifatida ko’rilmoqda. ARST va ARSS avvalgiday faoliyat yuritib, jamoalarni yuqoriga yoki pastga qarab saralash imkonini beradi. World Rugby ushbu tashabbusni quvvatlab, mazkur masalaga qo’shimcha e’tibor qaratishni bildirdi.

Qiziqishlarini inobatga olgan xolda Asia Rugby regbi-7 bo’yicha musobaqalarni o’tkazish bo’yicha yangi tizimni taklif qildi. Yangi tizimning takliflaridan biri Asia Rugby Sevens Challenge (ARSC) musobaqalarini kalendarga kiritish. Ushbu turnir jamoalar uchun Asia Rugby Sevens Trophy (ARST) va Asia Rugby Sevens Series (ARSS) nufuzli musobaqalarda ishtirok etish maqsadida poydevor sifatida ko’rilmoqda. ARST va ARSS avvalgiday faoliyat yuritib, jamoalarni yuqoriga yoki pastga qarab saralash imkonini beradi. World Rugby ushbu tashabbusni quvvatlab, mazkur masalaga qo’shimcha e’tibor qaratishni bildirdi.

Asia Rugby taklifiga asosan Asia Rugby Sevens Trophy (ARST) eng kuchli to’rta jamoasi Asia Rugby Sevens Series (ARSS) sakkizta jamoasiga 2026 yildagi Аchi-Nagoeda o’tkaziladigan Osiyo o’yinlariga ishtirok etish uchun 2025 yil mavsumida qo’shiladi. Ushbu taklif kuchli jamoalarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etish hamda musobaqalarning darajasini ko’tarishga yo’naltiradi. Shuningdek, Asia Rugby 2028 yilda Los-Аndjelesda o’taziladigan Olimpiya o’yinlarida Oiyo jamoalarini saralash shartlariga qo’llash uchun mazkur taklifni berdi. Ushbular Osiyo jamoalarning nufuzli xalqaro sport musobaqasida ishtirok etish imkonini yaratadi.

Umuman ushbu uchrashuv World Rugby va Asia Rugby o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda Osiyoda regbini rivojlantirishga yo’naltirilgan. Taraflar Osiyo jamoalarining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’milash bo’yicha o’z fikrlari va takliflari bilan almashishdi.