Beshta tuzatish tasdiqlandi

Beshta tuzatish tasdiqlandi

World Rugby tomonidan besta tuzatish tasdiqlandi

1. TMO bunkeri

Rasmiy vakillar shtatiga yana bir xodim qo’shiladi, u o’yin kuzatuvchisi bo’lib alohida xonada ya’ni bunkerda o’tiradi. Ushbu xodimning vazifasi o’yinchi qoida buzganda jazo darajasini aniqlash. Agar asosiy hakam qo’pol o’yinda qizil yoki sariq kartochka ko’rsatsa, keyingi sakkiz daqiqa ichida ushbu xodim o’yinga baxo bergan holda hakam qarorini o’zgartirishi mumkin bo’ladi. Ya’ni sariq kartochka qizil kartochkaga va qizil kartochka sariq kartochkaga aylanishi mukin.

2. O’yinni tezlashtirish

    Realizatsiyani amalga oshirayotgan o’yinchiga 90 soniya, jarima zarbasini tepish uchun 60 soniya beriladi. Agar o’yinchi penalti vaqtida bir daqiqa ichida qaror qabul qila olmasa, zarba bekor qilinadi va raqib jamoa foydasiga sxvatka tayinlanadi.

    Regbi o’yinchilariga belgilangan qismlar davomida vaqt cho’zish taqiqlanadi. Bundan tashqari sxvatka tuzilishiga 30 soniya vaqt beriladi. Agar arbitr fikri bo’yicha o’yinchi yoki o’yinchilar vaqtni chozishsa, unda hakam raqib jamoa foydasiga jarima zarbasini berish huquqiga ega.

    3. TMO protokoli

    Arbitrlarga o’yin video takrorini ko’rishni bir necha marotaba so’rash va zarur bo’lmagan hollarda video takrorlarni qayta ko’rish tavsiya etilmaydi. Shunday qilib World Rugby hakamlarni tezroq qaror qabul qilishga undaydi.

    4. Suv tashuvchilar uchun cheklangan vaqt

    Suv tashuvchilar urinish hisoblangandan so’ng maydonga chiqishlariga ruxsat beriladi. Agar o’yin o’yinchi jaroxati tufayli toxtatilgan bo’lsa suv tashuvchilar shifokor bilan maydonni tark etishi kerak.

    Hamma inovatsiyalar, yozgi testlarda sinab ko’rilib, World Rugby tomonidan ijobiy natijalar bilan tavsiya etildi.

    Manba: https://rugger.info/