OChning ikkinchi kuni bo’lib o’tdi (final)

OChning ikkinchi kuni bo’lib o’tdi (final)

Osiyo Chempionatining ikkinchi (yakuniy) kuni bo’lib o’tdi

Bugun (20-avgust) Osiyo Chempionati U20ning yakuniy kuni bo’lib o’tdi. Ikkinchi kunda O’zbekiston milliy terma jamoasi 22-19 hisob bilan Nepal terma jamoasi ustidan g’alaba qozondi. Shiddatli kechgan o’yinda bizning terma jamoa oltinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Chempionat naijalariga ko’ra, birinchi o’rinni Gonkong (Xitoy), ikkinchi o’rinni Malayziya, uchinchi o’rinni Taybey, to’rtinchi Tailand, beshinchi Hindiston, oltinchi o’rinni O’zbekiston va yettinchi o’rinni Nepal terma jamoasi qo’lga kiritdi.

Ta’kidlab o’tish lozimki, milliy terma jamoamizdan Abdumuxtorov Samandarbek realizatsiya, Ibragimov Ruslan 4 ta popitka qo’yishdi.