OCh 2023 ning 1-kuni bo’lib o’tdi

OCh 2023 ning 1-kuni bo’lib o’tdi

Nepalning Katmandu shahrida Osiyo Chemionati 2023

Bugun (19-avgust) Katmandu shahrida Osiyo Chempionati 2023 ning regbi-7 bo’yicha U20 qizlar va o’g’il bolalar o’rtasidagi musobaqaning 1-kuni bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada O’zbekiston milliy terma jamoasidan 20 yoshgacha bo’lgan 12 ta sportchi( o’g’il bolalar) va 2 ta murabbiylar: Egor L.P va G’ulomov A.A qatnashishdi.

O’yinning 1 kunida O’zbekiston milliy terma jamoasi Tailand hamda Taibey jamoalari bilan maydonga tushishdi. Tailand bilan bo’lgan o’yinda bizning jamoa sportchilari o’z ilg’orliklarini namoyon qilib, musobaqaning eng yaxshi sportchilari ro’yxatiga kirishga muyassar bo’lishdi. Ulardan: Abdumuxtorov Samandarbek realizatsiya, Lutfullayev Abbosxo’ja hamda Nig’matov Temurlar popitka qo’yishdi.

Taibey bilan kechgan o’yinda, Ibragimov Ruslan va Lutfullayev Abbosxo’ja popitkalar qo’yishdi. O’yinni 12-14 va 10-36 hisob bilan yakunlab, ustunlikni raqib jamoalarga boy berishdi.

Chempionatning yakunlovchi, ikkinchi kunida bizning milliy terma jamoamiz Hindiston va Nepal terma jamoalari bilan uchrashuvi kutilmoqda